Bloger Farhod Mannopovning o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Marhumga xizmat ko‘rsatgan Star Med Center’ning ikki shifokori kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaganlikda aybdor deb topildi. Ularga muayyan huquqdan mahrum qilib 5 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.
Bloger Farhod Mannopovning vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborildi. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilingan.
Sud Sog‘liqni saqlash vazirligi talabiga binoan Farhod Mannopov operatsiya qilingan va keyinchalik vafot etgan Star Med Center xususiy klinikasi litsenziyasini bekor qildi.
Prokuratura vayner Farhod Mannopovning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishini qayta malakaladi. Qalampir ma’lumotlariga ko‘ra, Mannopov operatsiya qilingan Toshkentdagi xususiy klinikada plastik jarroh, laborant va UZI-mutaxassisi malaka toifasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmagan.
SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.
Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha tekshiruvlar sabab Star Med Center klinikasi 11 martdan vaqtincha yopilishi aytilgandi. Biroq bundan bexabar klinika ishlashda davom etaverdi. Ogohlantirish xati olingach, muassasaning o‘zi 10 kunga vaqtincha ishini to‘xtatgani haqida SSVga xabar berdi.
SSV vayner Farhod Mannopov o‘limi bo‘yicha laborator tahlil va MSKT tekshiruvlari natijalarini e’lon qildi. Aytilishicha, bemorga rinoseptoplastika amaliyoti uchun narkoz berilgan, biroq operatsiya davrida ahvoli yomonlashib, o‘lim qayd etilgan. Hozirda Star Med Center klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Bloger Farhod Mannopov (MittiVine)ning vafot etgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bloger Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha shifokorlarning xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va shifokorlar qamoqqa olingani haqidagi xabarlarni rad etdi.
MittiVine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli vayner va bloger Farhod Mannopov 27 yoshda vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting